Biz haqimizda

Maqsadimiz – har bir kishidan web-sanoatda ishlashga tayyor, uning talablariga javob bera oladigan mutaxassisni yetkazib berish.

Eng boshidan kodlar bilan ishlashni o’rganishni, ular yordamida vazifalarni yechishni hamda bu bilan reallikka yaqinlashishga qaror qilgan edik. Biz faqat bilim emas uni amaliy qo’llay olishning ham imkonini beramiz.

Mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilar “Namunada ko’rsatilganidek tayyorlang” prinsipi asosida ishlashadi. Aynan shu tamoyil bo’yicha juda ko’p mutaxassislar ham ish olib borishlari sir emas.

Biz vyorstkalash har bir IT-mutaxassis uchun foydali malaka degan fikrdamiz. Shu bois, kurslarimizni qiziqarli, noodatiy va o’yinlarga o’xshash interaktiv tarzda tashkil etishga harakat qilamiz.