Maqolalar

2018 Avg 16 HTML/CSS
Sublime Text 3 matn muharririning imkoniyatlari

Sublime Text 3 – turli operatsion tizimlarda ishlay oladigan matn muharriri bo’lib, dasturlash va vyorstka sohasida faoliyatini boshlamoqchi bo’lganlar uchun ayniqsa qulay. Matn muharririning o’zi Python dasturlash tilida yozilgan. Bugunga kelib undan C, C++, C#, CSS, D, Erlang, HTML, Groovy, Haskell, HTML, Java, JavaScript, LaTeX, Lisp, Lua, Markdown, Matlab, OCaml, Perl, PHP, Python, R, Ruby, SQL, TCL, Textile va XML kabi bir qator dasturlash tillarini yozish uchun qo’llaniladi.

2018 Avg 16 Qiziqarli
Frilanser kim, bunday ishlashning qanday ijobiy jihati bor?

Frilanser bo’lib oddiy talabalardan tortib malakali mutaxassislar, nafaqa yoshidagi kishilar ham ishlashlari mumkin. Aksariyat o’z ish vaqtini mustaqil rejalashtirishni xohlaganlar, faqat o’z qilgan ishi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishni istaganlar frilanser bo’lib ishlashni afzal biladilar.

2018 Avg 15 Qiziqarli
O’zbekistonda masofaviy ta’lim imkoniyatlari

Amerikalik yozuvchi Rey Bredberi “Men kutubxonada va mutlaqo bepul ta’lim olganman” deb yozgan edi. Bugunga kelib esa o’qish jarayonlari takomillashib turli internet resurslar hamda onlayn kurslar tobora ommalashmoqda. Turli axborotlar “bozori”da yanglishib qolmaslik uchun sifatli xizmatlardan foydalanish zarur. O’zbekistonda so’nggi yillarga kelib bu yo’nalish rivojlanmoqda.

2018 Avg 13 Qiziqarli
Onlayn tarzda o'qishni xohlayman. Bu qanday amalga oshiriladi?

Onlayn kurslarning ijobiy jihati shundaki, unga qachon, qancha vaqt ajratishni o’zingiz belgilaysiz. Bitta kurs o’rtacha haftasiga 3-4 soat vaqtni oladi. Ba’zi kurslar to’liq ma’ruzadan iborat bo’lsa, boshqalariga uy vazifalari va imtixonlar ham qo’shimcha tariqasida beriladi. Qaysi rejim o’zingizga mos kelishini tanlang va shu bo’yicha grafik tuzib oling. Onlayn ta’limning eng asosiy yutug’i u bilan istalgan vaqtda, istalgan joyda shug’ullanish imkonining mavjudligidir.