Maqolalar
Eng muhimi – jamoada ishlash, universitet buni hech qachon bermagan va o’rgatmaydi ham.
Nafaqat boshlang’ich balki umuman barcha dasturchi uchun muhim malakalardan biri – kommunikatsiya malakasi (soft skills) sanaladi.
Malaka oshirish haqida men o’z rezyumemni yuborgan hech bir kompaniya suhbatga chaqirmaganidan keyin o’ylay boshladim. Ularning barchasida oliy ma’lumot, 100 yillik tajriba talab qilinardi, bu mehnat bozorining an’anasiga aylanib ulgurgandi.
Agar siz bizni o’qiyotgan bo’lsangiz, dasturlashga qiziqishingiz aniq. Dasturlash pul ishlash vositasi, yaxshi xobbi bo’lishidan tashqari, faoliyat sohasidan qat’iy nazar har bir kishi uchun yaxshi malaka ham hisoblanadi. Kishining qiziqishlari turlicha bo’lishi sir emas.
Har bir dasturchi hayotida dasturlashdan “to’yib” ketgan paytlari bo’ladi: unga yuklangan vazifalar avvalgidek zavq bermayotgandek tuyulaveradi.
Lekin biz buning barchasini qanday o’zgartirishni bilamiz. Quyidagi maqolada dasturlash sohasiga qiziqishni qanday qaytarish bo’yicha tavsiyalar berilgan.
Dasturlashni o’rganish bu turli ishlar orasida bajariladigan mashg’ulot emas. Lekin asosiy tushunchalar nimalardan iboratligini tushunish uchun butun umrni sarflashning ham keragi yo’q. O’rganish jarayonini yengillashtirishning ko’plab usullari mavjud.
O’n yil avval butun umr yaxshi mutaxassis bo’lib ishlash uchun bitta dasturlash tilini bilish kifoya edi. Lekin vaqt o’tib zamonaviy dunyoda “trendda” qolish uchun bir vaqtning o’zida bir nechta tilni bilish kerak. Shunday ekan, agar siz faqat bitta tilni bilsangiz va yana boshqalarini o’rganish niyatida bo’lsangiz, quyida bu uchun sizga sabablar keltiramiz.
Aksariyat yangi dasturchilar faqat professional bo’lgachgina pul ishlashim mumkin deb o’ylaydilar. Lekin, unday emas. Portfoliosiga ega tajribali dasturchilar ko’p pul topishadi, lekin bu bir necha yil qo’l qovushtirib ilk maoshni kutish uchun sabab bo’lmasligi kerak.
Ba’zida dasturchilarni xakerlar bilan tenglashtirishadi. Bu esa salbiy holat. Xakerlar qonunlarni buzuvchilar bo’lib, ta’qiqlangan manbalarni ochishga harakat qiladilar, dasturchilar esa bu ma’lumotlarni saqlashga intiladilar.
Dasturlashni o’rganish uchun juda qari yoki yosh bo’lish mumkin emas. Bu xohish yosh bilan cheklanmagan. O’qish istagi va o’rganilganlarni amaliyotda qo’llash yoshingizdan qat’iy nazar sizga ijobiy natijalarga erishish uchun yo’l ochadi. Istalgan yoshda chet tilini o’rganish mumkin bo’lganidek, xohlagan paytingizda dasturlashni o’rganishingiz mumkin.