Jamoada ishlash

Avval malaka oshiruvchilarning umumiy yig’ilishida yozish va nega aynan bu yerda o’qitish aytib berilgan 5 ta loyihani ko’rsatib o’tishdi.

ecf567f9d6e147da0198b.jpg

Eng muhimi – jamoada ishlash, universitet buni hech qachon bermagan va o’rgatmaydi ham.

Barchasi SCRUM’ni – dasturlashning qulay metodologiyalaridan birini o’rganishdan boshlandi. Unda vaqtni rejalashtirishning butun erkinligi va resurslar dasturchilar jamoasiga beriladi. JIRA - vazifalarni va butun ishga sarflangan vaqtni ko’rsatuvchi dastur, GIT esa versiyalarni nazorat qilish tizimidir. Bu dastur loyihada tasodifan qilingan bitta xatoni deb barchasi noto'g'ri ketmasligi va avvalgi kod versiyasiga qaytish imkonini beradi.

Agar siz dasturlash bilan qiziqa boshlagan bo’lsangiz – o’zingizga o’xshaganlarni toping va birgalikda jamoaviy loyiha ustida ishlang. Shunda portfolioni shakllantirish oson bo’ladi. Bekorga “Bitta bosh yaxshi – ikkitasi undan ham yaxshi” deyishmagan. Amaliyotda bu hamisha o’z tasdig’ini topgan.

84a39dc6dc0fd96241993.jpg

Jamoada ishlashda muhim jihatlardan biri – qolganlar bilan hamfikr bo’lish. Orttirilgan ko’nikmalar yordam beradi, ular qancha yaxshi egallangan bo’lsa siz shuncha tez: umumiy xulosaga kelasiz; bir-biringiz bilan muhokama qilib qiyin masalalarni ham yechimini topasiz; buyurtmachingizga bo’sh qo’l bilan bormaysiz; loyihada har kuni kim nima ish qilishini bilmay adashib qolmaysiz.

Unutmang, biror loyiha ustida ishlashda jamoa ikkinchi oilangizga aylanib qoladi. Tez kirishib ketish kabi jihatlaringiz esa sizga suv va havodek zarur bo’ladi.