Malaka oshirish haqidagi 1-maqolamiz - “Barchasi nimadan boshlangandi”ning davomi

6cc114d71f2db70fe950b.jpg

Tanishish va aloqa o’rnatish muhim ahamiyatga ega

Rostini aytganda, bu ish IT sohasidagi faoliyatimdagi ilk tajriba bo’ldi. Ancha vaqt ilgari Facebook yoki Google ichkaridan qanday ko’rinishi haqida turli video, maqolalar bilan tanishgan bo’lsam-da barcha narsa yangidek ko’rinardi.

To’g’ri men ishga kirgan firma masshtabi jihatidan ular bilan tenglasha olmasa-da, men uchun bu hayotimning hozirgi bosqichida katta yutuq edi.

Bu yerda kishilar hamma narsaga iloji boricha tushunib yondashadilar, aytish joiz bo’lsa ko’p narsalarni asabiylashmay qabul qiladilar. Soat ertalabki 8, 25 kishi ichkariga kirishni kutmoqda. Biriktirilgan guruh rahbari barchani taklif etdi.

Keyingi ko’rinish barchani hayratlantirishi tabiiy: qarshingizda dasturchi, mentorda xuddi uy kiyimidek va shippaklarda o’tirishardi. Bosh direktor esa umuman sohilda yurgandek kiyimda. Bu esa firmaga bemalol moslashishingizga yordam beradi.

Kompaniya tomonidan bunday do’stona munosabatga qaramay, ilk kunlarda o’zimni biroz begonadek his qildim. Ammo keyin ko’nikdim va hozir bu firmadagi barcha bilan oson til topisha olaman.

b9a5a36f3bf8ec95cff5f.jpg

U yerdagi birinchi haftamdan keyin o’zim uchun kichik bir saboq oldim va sizlarga ham uni aytib o’tmoqchiman. Tijoriy ishlanmalar yaratishni istagan kishi – agar firma yoki u yerdagi kishilar foyda keltirayotganini ko’rsa hech qachon o'zini muloqotdan cheklamasligi kerak.

Nafaqat boshlang’ich balki umuman barcha dasturchi uchun muhim malakalardan biri – kommunikatsiya malakasi (soft skills) sanaladi. Agar siz juda zo’r kod yozsangiz-u, jamoada ishlashni bilmasangiz sizni ishga qabul qilishlari qiyin bo’ladi.

Shunday ekan, ko’p va foydali tanishuvlar tilaymiz!