Mutlaq yo’llanmalar

<link href="http://school-php.com/css/style.css" rel="stylesheet">

<link href="https://school-php.com/css/style.css" rel="stylesheet">

<link href="//school-php.com/css/style.css" rel="stylesheet">

Bu vaziyatda barchasi juda oddiy: kerakli domenda turuvchi fayl uchun to’g’ridan-to’g’ri yo’llanmalarni ko’rsatamiz. Http yoki https’ni aniq ko’rsatmasdan ikkita sleshdan foydalanish bilan qisqartirilgan yo'lni ko'rsatish mumkin va bunda server sozlamasi bo'yicha kerakli protokol o'rnini egallaydi.

122be7361148f35fbbea7.jpg

 

Mazkur ko’rinish saytlararo o’tish uchun kerakligini qayd etish lozim:

http://google.com

Sayt ildiziga taalluqli

<link href="/css/style.css" rel="stylesheet">

Bunday vaziyatda brauzer sayt domenini oladi va unga ko’rsatilgan havolani qo’shadi. Bunda http://developers.uz yuzaga keladi. http yoki https deya xavotirlanishga o’rin yo’q. Sababi, sahifa qanday ochilagan bo’lsa shundayligicha olinadi, ya’ni http bo’lsa http ko’rinishida. Bundan tashqari, bu usul turli saytlar orasida ba’zi funksiyalarni uzatish yoki kodga tegmasdan bir domendan boshqa domenga saytni ko'chirish uchun juda qulay. Bu sahifalar va fayllarga yo’l belgilashning asosiy usuli sanaladi.

Mazkur sahifaga taalluqli

<link href="css/style.css" rel="stylesheet">

Nisbatan kam talab qilinadigan usullardan biri bo’lib, u joriy sahifani oladi va uning yo’llanmasiga yangi manzilni qo’shadi. Ya’ni http://developers.uz/trick sahifasidagi faylga havola quyidagi ko’rinishda bo’ladi: http://developers.uz/trick/css/style.css. Raqamli dastur boshqaruvidan foydalanish holatlarida ishlatish deyarli mumkin emas.

Base tegining qo’llanilishi

<base href="http://developers.uz/tricks/">

<link href="css/style.css" rel="stylesheet">

Bunday holatda standart domenning asosi o'rniga nisbiy yo'llanma bilan base’dan almashtiriladi. Ya’ni biz quyidagicha fayl qabul qilamiz:

http://developers.uz/tricks/css/style.css

 

O`zbekistonda Web dasturlash bo'yicha, masofaviy ta'lim kurslari, va malaka oshirish.

+998 99 484-01-05

https://facebook.com/DevelopersUz

https://vk.com/uzbdevelopers

https://t.me/UzbDevelopers