Qisqa vaqt ichida veb-sahifa yaratishni istovchilar uchun HTML qoidalarini amaliy jihatdan ko’rib chiqamiz. Bu orqali siz veb-sahifa yaratish unchalik ham qiyin ish emasligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

d324f42d0cc2c5ad94e17.jpg

 

Bu uchun bizga ikkita narsa kerak: HTML kod yozish uchun matn muharriri va natijani ko’rish uchun brauzer.

Misolda shunday kodning oson namunasi berilgan:

<!DOCTYPE html>

<html>

 <head>

 <meta charset="utf-8">

 <title>Mening ilk sahifam</title>

 </head>

 <body>

 <h1>Developers</h1>

 <p>Onlayn kurslar.</p>

 </body>

</html>

Natijani ko’rish uchun quyidagi bosqichlardan o’ting.

Windows’da Bloknot dasturini oching (Пуск > Выполнить > «notepad» so’zini yozish yoki Пуск > Программы > Стандартные > Блокнот ketma-ketligini bajarish).

Bloknot’da kodni tering yoki 1-rasmdan nusxa olib joylashtiring.

28ca53d5e3e0856320568.png

 

Tayyor hujjatni \www\misol1.html nomi bilan saqlang (Fayl>Saqlash xuddi…(Файл > Сохранить как...). Bunda dialog saqlash oynasida fayl tipini belgilang: “Barcha fayllar (Все файлы)” va UTF-8 kodirovkasi bo’lishi kerak. Fayl nomidan so’ng aynan html kengaytmasi bo’lishiga e’tibor qarating.

6150a53196579d6fac4e0.png

 

Internet Explorer brauzerini oching (Пуск > Выполнить > «iexplore»ni yozish yoki Пуск > Программы > Internet Explorer).

Windows 10’da boshqa doimiy brauzer — Microsoft Edge. O’z navbatida, bu OT uchun uni ishga tushirish kerak.

Brauzerdagi menyu menyu bo’limidan Fayl>Ochish buyrug’ini tanlang va faylingiz manzilini ko’rsating yoki uni brauzer oynasiga keltirib qo’ying.

Agar hammasi to’g’ri bajarilgan bo’lsa brauzerda 3-rasmdagi tasvirni ko’rasiz.

f556c258d0bd0929ea03e.png

 

Qandaydir xatolik yuzaga kelganda kodlarning 1-misoldagidek ekanligini tekshiring: fayl kengaytmasi (html bo’lishi kerak) va hujjatning manzili

Bloknot muharriri va Internet Explorer brauzeri faqatgina misol uchun berildi. Endi esa nibatan rivojlangan va qulay qurilmalarda ishlashni ko’rsatamiz.

 

O`zbekistonda Web dasturlash bo'yicha, masofaviy ta'lim kurslari, va malaka oshirish.

+998994840105

https://facebook.com/DevelopersUz

https://vk.com/uzbdevelopers

https://t.me/UzbDevelopers