Dasturlashni o’rganish bu turli ishlar orasida bajariladigan mashg’ulot emas. Lekin asosiy tushunchalar nimalardan iboratligini tushunish uchun butun umrni sarflashning ham keragi yo’q. O’rganish jarayonini yengillashtirishning ko’plab usullari mavjud.

Ko’pincha dasturlash haqida hech nima bilmasdan turib sohaga kirib keluvchilar uchraydi. Boshida hammasi yaxshi ketadi, ammo o’rganib borish davomida muammolar yuzaga chiqa boshlaydi. Nimaga?

Sohaga yangi kirib kelganlar hammasini biladigandek boshlang’ich ma’lumotlarni o’tkazib yuborishga harakat qiladilar, lekin amaliyotda qiyinchiliklar yuzaga kela boshlaydi. Ular ma’lumotlarning bir qismini bilishlari mumkin, lekin bu asosiy axborotni yaxshi tushunish uchun kifoya qilmaydi.

Shu bilan birga rivojlanishdan to’xtamaslik kerak. Siz sekin yoki tez harakat qilishingiz mumkin, lekin muhimi birorta ham mavzuni o’tkazib yubormaslik kerak. Qancha ko’p materialni o’rgansangiz, kelajak uchun shuncha mustahkam poydevorga ega bo’lasiz.

1.  Kodning misollarini o’rganing

O’qish haqida gapirar ekanmiz, ko’pincha sahifadagi so’zlarni o’qish hayolimizga keladi, lekin dasturlash – kodlarni o’qish demakdir.

Dasturlashni o’rganar ekansiz, har bir kodni o’qishga va uni tushunishga harakat qilishingiz kerak. Dastlab kod misolini o’qib tushunish keyin esa matnni o’qishingiz mumkin. Bu har doim ham foyda bermaydi, ammo kodga diqqat bilan qarashni va har bir detalni e’tiborga olishga o’rgatadi.

2.  Kodlar misolini shunchaki o’qimang – ularni ishga tushiring!

Siz biror qo’llanma yoki kitobdan o’rganayotganingizda misolga qarab “Tushundim. Ha, buning mazmuni tushunarli” deyishingiz mumkin. Biroq, kodni haqiqatdan ham tushunganingiz yoki yo’qligini uni ishlatib ko’rib bilish mumkin.

Agar haligacha o’rnatmagan bo’lsangiz, dasturlash tilingiz bo’yicha amal qiladigan ishlanmalar uchun maydon (IDE)ni o’rnatib oling.

d0778f421c977f84fc621.jpg

So’ngra misolni IDE’ga kiriting – agar siz shunchki nusxalab ko’chirishni o’rniga uni boshidan oxirigacha terib chiqsangiz, haqiqatdan ham boshidan oxirigacha undan foydalangan bo’lasiz. Kodni terish sizni til sintaksisining barcha detallariga e’tibor qaratishga majbur qiladi, masalan har bir qator tugashi kerak bo’lgan nuqtali vergulga.

Endi esa kodni biriktiring va ishga tushiring. U aynan keragicha ishlayotganiga ahamiyat bering.

Va nihoyat, uni o’zgartiring. Dastur – dunyodagi eng oson o’zgartirish mumkin bo’lgan mexanizmdir. Siz nima hodisani sinovdan o’tkazib ko’rishingiz va nima yuz berishiga guvoh bo’lishingiz mumkin. O’zgarishlar tezda, hech qanday xatar va zararlarsiz yuz beradi. Dasturlash tilini o’rganishning eng oddiy usuli – ishlaydigan kodni olish va uni o’zgartirishdir.

3.  O’z kodingizni imkon qadar tezroq yozishni boshlang

Til haqida biror nimani tushuna boshlashingiz zahoti, hayolingizga kelgan dasturingizni yozishni boshlang. Ba’zida dastur uchun g’oya topish mushkul bo’ladi. Bu odatiy hol, eng boshidan qandaydir g’oyangizni o’ylab topishga majbur emassiz.

G’oyalar manbasini topish uchun qo’llanmadagi mashqlarni bajarib ko’rishingiz yoki misollarga qaramay o’qigan kitoblaringizdan ilhomlanishingiz mumkin. Lekin bu siz o’ylaganingizdek oson emas. Bu texnika misollardagi kodlarni biroz o’zgartirganingizda yaxshi ishlashini ta’kidlab o’tamiz.

Agar siz kichik dasturlar haqida o’ylashni istamay, birdan o’yinlar kabi yirik loyihalar yozishni xohlasangiz ham baribir, ishni o’sha o’yinlar uchun ishlatiladigan kichik qismlardan boshlang. Siz ularni keyinchalik ishlatasizmi yoki yo’qmi tajribangiz ortib boradi.

4.  Xatolar tuzatgichidan foydalaning

Xato tuzatgich sizga kod qatori bo’ylab harakatlanish imkonini beradi. Bu orqali siz o’zgarishlarni ko’rishingiz va sababini bilishingiz mumkin.

Xato to’g’irovchi dastur kod bilan bog'liq savollarga oson javob berishga imkon yaratadi.

Dastlab bu dastur bilan ishlash qiyin bo'lishi mumkin. Lekin vaqt o'tgani sayin xato tuzatgich sizning vaqtingizni kamroq ola boshlaydi.

a9784a06648850e5c753c.jpg

Sohaga yangi kirib kelganlar odatda bunday xato tuzatgichni ishlatishni xohlamaydilar. Aslida esa bu oddiy xatolarni har safar to'g'irlab o'tirishdan iborat vaqtni behuda sarflashdir. Qancha tez xato tuzatuvchi dasturlarni o'rgansangiz, shuncha foydali.

5. Ko'proq manbalarni qidiring

Agar nimanidir tushunmasangiz, eng avvalo uning izohlariga qarang - internetda daturlash bilan bog'liq axborotlar juda ko'p. Barchamiz yangi axborotni turlicha qabul qilamiz: siz uni yaxshiroq tushunishingiz uchun suratlar kerak bo'lsa, boshqa uchun qo'llanma yoki batafsil ma'lumot berilgan kitoblar yetarli bo'ladi.

Agar bu ham yordam bermasa, sohani tushunadigan kishi yordamida muammongizni hal etishga urinib ko'ring. Lekin shunchaki "Men buni tushunmadim" desangiz, o'sha o'qib tushunmagan matningizni qayta eshitishingiz mumkin. Shu bois yaxshisi, uni o'z so'zlaringiz bilan qanday tushunganingizni aytib bering. Savolni qanchalik tushunganingizni bilsa, javob beruvchi ekspertga uni izohlash ham shunchalik oson bo'ladi.

Dasturchilar ba'zida savollarga javob berishni yoqtirishmaydi. Ammo buning sababi muloqot ikki tomonlama bo'lishini xohlaganliklari uchundir. Agar siz aqlli, o'ylashga undaydigan savol bersangiz albatta yaxshi javobni olasiz.