9c4ed21bb679d4fdaa58d.png

 

1.  Men tez pul topishim mumkin

Dasturlash bo’yicha ko’p kurslar oyiga 1000 dollar topadigan mutaxassis bo’lish uchun bor-yo’g’i dasturlashni o’rganish kifoya ekanligini uqtirishadi. Aslida unda emas. To’g’ri oyiga 1000 $ topishga erishish mumkin, lekin darrov emas.

Bunday maoshga yetishish uchun bir necha yil ter to’kishingiz ham mumkin. Dasturchi maoshi uning malakasi, tajribasi va portfoliosiga bog’liq, sohaga yangi qadam qo’yganlarda esa bular bo’lmaydi.

Ammo, shuncha oylikka erishish uchun bir qancha yilni o’tkazish kerakligi haqidagi fikrga qattiq bog’lanib qolmang.

2.  Men hali-beri pul ishlab topmayman

Aksariyat yangi dasturchilar faqat professional bo’lgachgina pul ishlashim mumkin deb o’ylaydilar. Lekin, unday emas. Portfoliosiga ega tajribali dasturchilar ko’p pul topishadi, lekin bu bir necha yil qo’l qovushtirib ilk maoshni kutish uchun sabab bo’lmasligi kerak.

Fl.ru kabi saytlarda kichik loyihalar bo’ladi va boshlang’ich mutaxassislar unda o’z kuchlarini sinovdan o’tkazib ko’rishlari mumkin. Professionallar uchun bunday maydonlar zerikarli, siz esa u yerda tajribangizni oshirishingiz, birinchi daromadingizni topasiz.

Tajriba, bilim va portfoliongiz boyib borgani sayin nisbatan murakkab loyihalarni olishingiz hamda ko’proq pul ishlashingiz mumkin. Shuningdek, real loyihalar bilan shug’ullanuvchi korxonalarda amaliyotchi, stajer bo’lib ishlash ham tez o’rganishingizga yordam beradi.

4aee3721e8dedb9058871.jpg

 

3.  Dasturchilarga bo’lgan talab yuqori, shuning uchun ham men tez ish topaman

Bozorda haqiqatdan ham dasturchilarga bo’lgan talab yuqori, lekin sohaga yangi kirib kelganlarga emas, tajribali mutaxassislarga. Aksariyat kompaniyalar 2-3 yillik tajribaga ega dasturchilarni izlashadi.

Shu uchun eng yaxshi variantlar o’rta yoki yirik tashkilotga stajer xodim sifatida joylashgan yoki kichik firmaga yosh mutaxassis sifatida ish boshlashdir.

Kompaniyalar portfolioga katta ahamiyat beradi. Agar siz dasturlash bo’yicha kursni tugatgan bo’lsangiz-u hech nima dasturlab ko’rmagan bo’lsangiz, boshqalar qolib o’zingiz uchun ham zerikarli kadrga aylanasiz.

4.  Ish beruvchi o’zi meni topadi

Ko’plab OTM yoki kurslar bitiruvchilari dasturchilarga bo’lgan talab kuchli, shu bois ish beruvchilar ularni o’zlari topishiga va eng yaxshi sharoitlarni taklif etishiga ishonib kutib o’tiradilar.

Ular shunchaki kutish bilan band bo’lganlarida boshqa dasturchilar o’zlarini reklama qilishga o’tadilar, ularni qiziqtirgan kompaniyalarga rezyume yuboradilar, shaxsiy web-saytlarini yaratadilar, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarini to’ldiradilar, GitHub loyihalarga ulanadilar.

GitHub bu dasturchilar uchun mo’ljallangan ijtimoiy tarmoq bo’lib, har bir mutaxassis boshqalar ko’rishi uchun o’z boshlang’ich kodini e’lon qilishi mumkin. Siz istalgan loyihaga qo’shilib, uni yaxshilashga hissa qo’shishingiz mumkin.

Ish beruvchilarga bunday ishlar juda yoqadi. Qaysi OTM yoki kursni tamomlaganingiz ahamiyatsiz, muhimi ish qidirishda faol bo’lishingiz kerak.

5.  Barcha dasturlar allaqachon yozib bo’lingan

Bunday afsonaga maktab paytlari dasturchi bo’lish haqida gapirganingizda duch kelgan bo’lishingiz mumkin. Ammo shuncha yil o’tsa-da dasturchilarga bo’lgan yuqori talab aslo susaygani yo’q.

0873401e2334dadcca7ca.jpg

 

Yaqin orada ham bu holat o’zgarmaydi, chunki yozilgan kodni to’g’irlash, to’ldirish malakali kadrlarni talab qiladi.

6.  Dasturlash bilimlari faqat dasturchilar uchun kerak

Dasturlash bilimlari nafaqat dasturlar yaratuvchilarga, balki boshqa soha vakillari: biologlar, siyosatshunoslar, iqtisodchilar, fiziklar uchun ham kerak. Dasturlash va boshqa mashhur sohalarni o’zlashtirib ular axborotni qayta ishlash va muntazam bajariladigan vazifalarni avtomatlashtirish imkoniga ega bo’ladilar.

Hali ham dasturlashni o'rganish bo'yicha aniq bir qarorga kelmadingizmi? Vaqtni ketkazmasdan uni o'rganishga tezroq boshlang!

 

O`zbekistonda Web dasturlash bo'yicha, masofaviy ta'lim kurslari, va malaka oshirish.

+998 99 484-01-05

https://facebook.com/DevelopersUz

https://t.me/UzbDevelopers