9c9b17a0b83d19e739743.jpg

 

1.  Men dasturlashni o’rganish uchun qarilik qilaman

Dasturlashni o’rganish uchun juda qari yoki yosh bo’lish mumkin emas. Bu xohish yosh bilan cheklanmagan. O’qish istagi va o’rganilganlarni amaliyotda qo’llash yoshingizdan qat’iy nazar sizga ijobiy natijalarga erishish uchun yo’l ochadi.

Istalgan yoshda chet tilini o’rganish mumkin bo’lganidek, xohlagan paytingizda dasturlashni o’rganishingiz mumkin.

2.  U dasturlash uchun juda yoshlik qiladi

Ko’pincha ota-onalar farzandi yoshini dasturlashni o’rganish uchun omil sifatida belgilashadi. Albatta, bolalarni va kattalarni o’qitish o’rtasida farq bor, lekin yoshning o’zi dasturlashni o’rganishga hech qanaqa to’siq bo’lmasligi kerak.

8-9 yoshdan bolalar dasturlashning asosiy konsepsiyalarini yaxshi tushuna boshlaydilar va o’zlarining ilk dasturlarini tuzadilar, masalan, Scratch tilida.

3.  Dasturlash ayollar uchun emas

Albatta, ayollarga qaraganda erkak dasturchilar soni ko’proq. Ammo bu ayollar dasturlash bilan shug’ullanishmaydi degani emas. Ko’plab muvaffaqiyatga erishgan ayol-dasturchilar bor.

1c9841d5b7bae99142a28.jpg

 

Shu o’rinda bir qiziqarli fakt: dunyodagi birinchi dasturchi Ada Lavleys ismli ayol kishi bo’lgan. Marissa Mayer esa Google dasturchilari jamoasiga birinchi qo’shilganlardan edi. Shunga qaramay, aksariyat ayollarni IT o’ziga jalb etmaydi, xuddi parfyumeriya sanoatiga qiziquvchi erkaklar kam bo’lganidek.

Ta’kidlash kerakki, bu holat kasbning murakkabligi bilan emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy bosimlar va ayollarning shaxsiy qiziqishlari bilan bog’liqdir.

Ayollarning dasturchi bo’lmasliklari uchun hech qanaqa obyektiv sabab yo’q. Ayollar va erkaklarning bu sohaning karyerasida yuksalish imkoniyatlari teng.

Hali ham dasturlashni o'rganish bo'yicha aniq bir qarorga kelmadingizmi?

Sizni qanday savollar qiynayapti?

Iltimos, shu haqida fikringizni qoldiring.

 

O`zbekistonda Web dasturlash bo'yicha, masofaviy ta'lim kurslari, va malaka oshirish.

+998 99 484-01-05

https://facebook.com/DevelopersUz

https://vk.com/uzbdevelopers

https://t.me/UzbDevelopers