Texnologiya sanoati paydo bo'lganidan buyon turli stereotiplar yuzaga kelgan: dasturlash qat’iy ravishda erkaklar mashg’uloti sanaldi, IT sohasidan uzoq kishilar ham ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlarni buzib kira olishlari oddiy holatga aylandi.

2e035f84d70f1f448bf9c.png

 

Sohaga yangi kirib keluvchilar turli to’siqlarga duch kelishlari mumkin. Ularga yengillik yaratish maqsadida biz rivojlanishga xalaqit beruvchi dasturlash haqida eng keng tarqalgan afsonalarni sanab o’tamiz.

1.  Juda aqlli bo’lish kerak

Bu IT yo'nalishiga endi qadam qo’yadiganlarni o’z dasturini yaratishda qo’rqitadigan eng asosiy afsona. Ko’pchilik dasturchi bo’lish uchun o’zini yetarlicha aqlli deb hisoblamaydi. Dasturchilar esa aslida robot yoki daholar emas. Shunday ekan, dasturlashni o’rganish unchalik ham qiyinmas.

Dasturchilarning o’zi esa kompyuter dasturlari, o’yinlari va ilovalarini yaratishga ishtiyoqi kuchli bo’lgan oddiy kishilardir. Kod yozuvchi mutaxassis uchun shunchaki motivatsiya, qiziqish va intizomli bo’lishi kifoya.

Agar siz yangilikka o’ch bo’lsangiz va bilimlaringizni amaliyotda qo’llashni istasangiz, dasturlash siz uchun nafaqat foydali, balki yoqimli mashg’ulotga ham aylanishi mumkin. Albatta, haqiqatdan-da murakkab vazifalar ham bo’ladi, ularni tajribangiz oshgani sayin hal etib borishingiz aniq.

2.  Matematikani bilish kerak

Dasturchi matematikani yaxshi bilishi kerak - yana bir keng tarqalgan afsonalardan biri. Aslida, dasturlashdagi muvaffaqiyat to’g’ridan-to’g’ri matematik qobiliyatga bog’liq emas. Boshida oddiy maktabdagi algebrik bilimlar ham yetadi. Qoidasiga ko'ra, dasturlash – kompyuter uchun ma’lum bir vazifani bajaruvchi buyruqlarni yozish hisoblanadi. Xuddi tort tayyorlash uchun retseptni yaratishdek gap.

Hech qanaqa oliy matematika, integral va murakkab formulalar shartmas.

Boshqa tomondan qaraydigan bo’lsak, matematika katta rol o’ynovchi sohalar ham bor. Masalan, o’yinlar yaratishda trigonometriyadan xabardor bo’lish, differensial tenglikni hisoblash va matritsalar bilan ishlashni bilish kerak. Lekin yana o’sha – boshlang’ich bilimlar.

Agar sizda matematika yoki fizika bo’yicha ko’proq bilimlarga zaruriyat paydo bo’lsa, qo’shimcha o’qishingiz, internet yoki kitoblardan qiziqarli axborotlarni olishingiz mumkin.

3.  Dasturlash ijodkor uchun emas

Aksariyat kishilar buni rad etsa-da dasturlash o’ziga xos ijod. Dasturchilar sayt, o’yin yoki ilovalar yaratish bilan shug’ullanishsa, yozuvchilar roman, esse va hikoyalar yozish bilan band bo’ladi. Dastur tuzish kishiga o’z ijodiy g’oyalarini, fikrlarini ifodalashga imkon beradi.

Bundan tashqari, texnik bilimlar ijodkorlarga o’z imkoniyatlarini kengaytirishga ham yo’l ochadi. Umuman olganda, dasturlash – istalgan sohada faoliyat ishlovchi kishining imkoniyatlarini oshiruvchi ijodiy faoliyat turidir.

4.  Dasturlash “botaniklar” uchun

Dasturchilar haqidagi stereotiplarni uchratish uchun bir nechta filmlarni ko’rish yetarli: ko’zoynakli sochlari to’zg’igan yigit yerto’lada bir nechta monitor ro’parasida o’tiribdi va tezpishar lag’mon tanovul qilmoqda.

Ko’pchilik dasturlashga qadam qo’ysa shu ahvolga tushishdan qo’rqishadi. Ayniqsa, ayollar buni jiddiy qabul qilishadi. Dasturchilar bunday hayot kechirishi aniq qoida emas. Ular orasida musiqachilar, raqqoslar va sportchilar ham ko’p bo’lib, bir qarashda ularni boshqa kasbdagilardan ajratish mushkul.

5.  Nodir qobiliyat kerak

Ko’pchilik dasturchi bo’lish uchun o'ziga xos qobiliyat bilan tug’ilish kerak deb hisoblaydi. Lekin dasturlash paydo bo’lgandan buyon bunday holat kuzatilmagan. Yaxshi dasturlar tayyorlash malakasi ishga sarflangan kuch natijasidir, xuddi sportchining muvaffaqiyatlari asosi tinimsiz mashg’ulotlar bo’lganidek.

6.  Dasturlash – zerikarli mashg’ulot

Biror bir mashg’ulotdan olinadigan taassurot unga qanday yondashishga bog’liq. Dasturlashga qiziquvchilar uni zerikarli deb hisoblamaydilar, aks holda ular bu bilan shug'ullanarmidilar?

Kishi dasturiy ta’minotdagi o’ziga ma’qul sohani tanlashi kerak: mobil ilova, sayt yoki web-ilova yaratish bo’ladimi yoki kosmik mashinalar, samolyot va avtomobillar uchun dasturiy ta’minot yozishmi, farqi yo’q. Dasturlashdagi bilimlarni turli sohalarda ishlatish mumkin: qishloq xo’jaligidan tortib raketa qurilishigacha. Bu zerikarli bo’lishi mumkinmi?

7.  Kishilar bilan muloqot qilishdan to’xtaysiz

Dasturchilar faqat kompyuter qarshisida boshqalardan ajralib hayot kechiradilar, degan afsona ham yo’q emas. Dasturlash haqiqatdan ham ishga alohida e’tibor bilan yondashishni talab etadi lekin bu boshqa jiddiy sohalarda ham bor.

Ish davomida dasturchilar o’z hamkasblari bilan ko’p muloqot qilishlariga to’g’ri kelishini esa rad etib bo’lmaydi. O’z tajribalarini boyitish uchun dasturchilar turli konferensiyalarda qatnashishlari, qiziqishlar bo’yicha klublar tashkil etishlari va o’z sohalaridagi professionallar bilan muloqot qilib turishlari sir emas.

8.  Ko’p narsani eslab qolish kerak

Dasturlash tili chet tili emas, uni tushunish va ishlash uchun eng ko’pi 2000 ta so’zni eslab qolsa yetarli. Bundan tashqari, eslab qola olmagan ma’lumotlaringizni istalgan paytda internet orqali topishingiz mumkin. Ma'lumotlarni eslab qolish majburiy emas balki ular doimiy bajarilaverib refleksga aylanadi. Ba’zi mashhur dasturchilar ham oddiy algoritmlarni eslab qola olmayotganliklaridan noliydilar.

9.  Barcha algoritmlarni bilish kerak

Algoritmlar – dasturlash asoslaridir. Ulardan ba’zilari oddiy, boshqalarini tushunish uchun qo’shimcha bilim talab etiladi. O’z navbatida, siz ularni yoddan bilishingiz zarur emas. Amaliyotda ishlash davomida eslab qolish yaxshilanadi.

Zamonaviy dasturlash dasturiy ta’minot yaratish bilan bog’liq ishlarni soddalashtirdi. Bu esa dasturchining kundalik ishlarini kamaytirib haqiqatdan-da foydali vazifalarni yechishi uchun vaqt ajratish imkonini berdi. Lekin shunda ham algoritmlarni o'rganish kerak.

10.  Shuncha kodni yozishga sabrim yetmaydi

Mukammal dasturlar o’n minglab qator kodlardan iborat bo’lib bu boshlang’ich dasturchilarni qo’rqitadi. Shunga qaramay, dastur ishlab chiqaruvchilar deyarli o'xshash usullarni ishlatadilar. Bu xuddi chet tilidek: turli so’z va tushunchalarni birlashtirish orqali siz istalgan kishi bilan suhbatlashishingiz mumkin. Dasturlash ham shunga o’xshash jarayon. Nima bo’ladiganini 80 % tushunish uchun dasturchilar 2000 ta so’zni bilishlari yetarli.

Albatta, dastlabki paytlarda yirik dasturlarni yaratish qiyin, biroq tajribangiz oshib boraverishi bilan ishingiz unumdorligi ham ortib boraveradi, avvaliga kuniga bir necha yuzlab qator kodni yozsangiz keyinroq soatiga shuncha kod terishingiz mumkin. Amaliyotni to’liq o’zlashtirib olganingizdan keyin 10 000 qator bolalar o’yinidek bo’lib ko’rina boshlaydi.

11. Dasturlash jiddiy ish emas

Bu gapni eshitgan bo’lishingiz mumkin. Misol uchun, konlardagi og'ir ish bilan dasturlashni taqqoslaganda bu kasb jiddiy emasdek ko'rinishi tabiiy. Biroq, dasturlash yordamida shaxtalarda bajariladigan ishlarni avtomatlashtirish, jarayonni yanada unumdor va xavfsizroq qilish mumkin. Hali ham dasturlashni jiddiy emas deb hisoblaysizmi?

12.  Menga kuchli kompyuter kerak

Ko’pchilik dasturlash uchun kuchli kompyuter va 5 ta monitor kerak degan fikrda. Unday emas. Dasturlashdagi boshlang’ich bilimlarni o’yin uchun mo’ljallangan oddiy kompyuterda ham olish mumkin. Kompyuter o’yinlari yoki brauzer boshlang'ich kodni ishga tushiruvchi dasturlardan ko’ra ko’proq kompyuter quvvatini talab qiladi. Kompilyator va interpretator dasturlari yirik ekran joyini talab qilmaydi, shu bois bir nechta monitorlar sizga shart emas.

a435468a5ce099ce82fbd.jpg

 

13.  Kompyuter kodlari tushunish uchun juda qiyin

Bir qarashda kompyuter dasturlari juda murakkab va tushunarsiz ko’rinadi. Unday bo’lsa Xitoy iyerogliflariga qarang. Yer yuzidagi taxminan 1,3 mlrd kishi xitoy yozuvlarini o’qiydi, yozadi va tushuna oladi. Dasturlash tilini esa ovoz chiqarib o’qish yoki u tilda so'zlashish shart emas, bitta dasturlash tilining asosiy qo’llanmalari esa 50-100 tadan oshmaydi.

14.  Men web-sayt yaratdim, demak men dasturchiman

Aslida bunday emas. Sayt yaratish ko’pincha HTML va CSS bilimlarini talab qilmaydi. Professional web-dasturchilar ko’plab dasturlash texnologiyalari va tillarini biladilar.

Bir oy yoki shunga o'xshash qisqa muddat ichida mukammal dasturchi bo'lishga kafolat beruvchi web-kurslar borligi afsonadir. HTML, CSS, PHP, JavaScript ma'lumotlar bazasi, mijoz-server texnologiyasi bo'lsa, SQL, Apache, Git - web-dasturchilar har kuni duch keladigan texnologiyalarning kichik bir qismidir. Bularni o’rganish unchalik ham qiyin emas, avval ta’kidlaganimizdek kuchli ishtiyoq va diqqat qilish bilan buning uddasidan chiqish mumkin.

15.  Dasturchilar barchasini noldan boshlab yozadilar

Agar dasturchilar hammasini noldan boshlab yozganlarida edi biz shuncha foydali va har xil dasturlarni ko’rmagan bo’lar edik. Zamonaviy dasturlar minglab qator kodlardan iborat bo’ladi va ularning katta qismi boshqa dasturchilar tomonidan yoziladi.

Dasturchilar tez-tez tashqi manbalardan, o’zlari boshqa loyiha uchun yozgan kodlaridan foydalanib turadilar. Bu o’yinlar va operatsion tizimlar kabi yirik dasturlar yaratish jarayonini soddalashtiradi.

 

O`zbekistonda Web dasturlash bo'yicha, masofaviy ta'lim kurslari, va malaka oshirish.

+998 99 484-01-05

https://facebook.com/DevelopersUz

https://vk.com/uzbdevelopers

https://t.me/UzbDevelopers