Agar siz bizni o’qiyotgan bo’lsangiz, dasturlashga qiziqishingiz aniq. Dasturlash pul ishlash vositasi, yaxshi xobbi bo’lishidan tashqari, faoliyat sohasidan qat’iy nazar har bir kishi uchun yaxshi malaka ham hisoblanadi. Kishining qiziqishlari turlicha bo’lishi sir emas.

5c23c73f1fc002d96af07.png

Yaqinda ratwenderlich.com sayti so’rov o’tkazib dasturchilar o’z sohalaridan tashqari yana nimalarga qiziqishlarini aniqladi.

1.      Maqolalar yozish

So’rovning 17,5 foiz qatnashchilari yozishni yaxshi ko’rishlarini ma’lum qildilar. IT mavzusidagi maqolalar, bloglardagi xabarlar ko’pincha aynan dasturchilar va shu soha mutaxassislari tomonidan yoziladi.

“Yoza olish malakasi menga o’z loyihalarimning hujjat ishlarini yozishga, kod yozishga ijodiy yondashishga yordam beradi”, - deydi Jozef Menemir.

Ko’pchilik hatto har kuni kichik bir qo’llanmadek hajmda matn yozish bilan teng kod yozishini hayoliga keltirmaydi. Shunday ekan, nega buni o’z qiziqishiga aylantirmaslik kerak? Kundalik yoki blog yuritish, sayohat romanini yozish beqiyos malaka beradi.

Bu ayniqsa, xotiralarni kamera ham saqlab qolishga qodir bo’lmaganda qo’l keladi. Fotoapparat hissiyot va tuyg’ularni suratga ololmaydiku axir.

Sizga qiziq mavzu boshqalarga ham qiziq bo’lishi mumkin. Shu sabab blog yuritish kerak. Sayt yaratish majburiy emas: Medium kabi platformalarda o’z auditoriyangizni topishingiz oson.

Romanlar! 30 kun ichida butun bir kitob yozishingiz kerak bo’lgan tanlovlar mavjud. National Novel Writing Month (NaNoWriMo) ulardan biri.

Matn yozish barcha uchun bo’lmasa-da bu turda ijod qilishning boshlang’ich usullaridan biri sanaladi.

Qanday boshlash kerak

Matn yozishni boshlashingiz va roman yozishga ilhomlantiruvchi bir necha resurslar bilan tanishing:

·        Day One App: kundalik yuritish uchun oddiy va qulay ilova;

·        Medium: o’z blogingizni yuritishingiz mumkin bo’lgan sayt;

·        NaNoWriMo: yozishni sevuvchi kishilar platformasi;

·        Scrivener: faoliyatingizni tashkillashtirishga yordam beruvchi xat yozish uchun qulay ilova;

·        Mualliflar uchun 15 ilovalar: boshlang’ich yozuvchilar uchun ingliz tilidagi ilovalar jamlanmasi.

Nimadan boshlash kerak

Oddity kundalik tutishdan boshlash mumkin. Bu roman yoki blokchalik katta va qiyin ish emas va ko’p vaqtni talab qilmaydigan yaxshi start bo’la oladi.

2.      Stol o’yinlari

24,6 foiz ishtirokchilar bo’sh vaqtlarini stol o’yinlari bilan o’tkazishlarini aytib o’tganlar. Settlers of Catan, Bohnanza, Small World va boshqalar shular jumlasidan.

Umuman olganda stol o’yinlari kishilarni birlashtirishning eng yaxshi usullaridan biri. Aksariyat insonlar video’yinlarni afzal biladilar. Lekin stol o’yinlarining o’z ustunligi ham bor: shaxsiy bog’lanish, stol atrofidagi xazillar, birgalikdagi ovqatlanish va boshqalar.

46d5cbb210cf9e86fa86a.jpg

Onlayn tarzdagi stol o’yinlari ham bor. Ko’plab shaxsiy kompyuter, smartfon va planshetlarda ularni o’ynash mumkin.

Qanday boshlash kerak

Agar siz tunni turli kartochkalar, kubiklar bilan o’tkazishni ma’qul ko’rsangiz quyidagi ro’yxat ayni siz uchun:

·        Dungeons & Dragons: haqiqiy o’yin ustalari uchun klassik rolli stol o’yini;

·        Settlers of Catan: do’stona munosabatlar uchun uncha ham mos kelmaydigan o’yin;

·        iOS’da stol o’yinlari: uydan chiqishni istamaganlar uchun maqbul o’yin.

Nimadan boshlash kerak

O’yinlarga qiziquvchilar uchun maxsus do’kondan shaxmat yoki katta Dungeons & Dragons’ni xarid qiling.

3.      Rasm chizish

So’rovning 24,6 foiz qatnashchilari rasm chizishni o’zlarining xobbilari deb biladilar.

“Dasturchi sifatida men minglab qator kod yozish bilan vaqtimni o’tkazaman. Vazifalarni yechish ko’p vaqt va kuch talab qiladi. Qaysidir vaqtda chalg’ish kerak. Men buni ijod orqali amalga oshiraman, ya’ni rasm chizish yoki hikoya yozish bilan. Bu doimo yaxshi natija beradi. professional rassom yoki yozuvchi bo’lish shart emas. Shunchaki jarayondan zavqlanish va o’zligingizcha bo’lishingiz yetarli”, - Temmi Koron.

Umuman rasm chizishni bilmasangiz bo’yash uchun mo’ljallangan kitobchalar sizga yordam beradi.

Qanday boshlash kerak

Hech nima, hattoki to’g’ri chiziqni ham mashaqqat bilan chizsangiz quyidagi dasturlar sizga asqotadi:

·        Drawspase;

·        Proko;

·        Draw A Box.

Nimadan boshlash kerak

San’atga yaqinlashish uchun juda qiyin narsani chizish shart emas. Dastlab juda oddiy narsani rasmini chizishga urinib ko’ring. Albom, sketchbuk sotib oling, planshetingizni o’zingiz bilan har yerda olib yuring bo’sh vaqtingizni rasm chizishga sarflang.

4.      Taom tayyorlash

28,1 foiz qatnashchilar oshpazlik mahoratiga qiziqishlarini aytib o’tganlar.

“Men uydan ishlayman va och qolmaslik uchun ovqat pishirishni o’rganishga qaror qildim. Taomlar retsepti va zaruriy masalliqlarni uyimgacha yetkazib beradigan Plated xizmatiga obuna bo’lganman. Avval ham ko’p narsa pishirishni o’ylardim, lekin uni tayyorlash uchun qaysidir mahsulot uyda topilmasdi. Bu juda qulay ekan. Ba’zida kompyuterdan uzoqlashish ham foydali. Yozayotgan kodingizdan farqli o’laroq taomni ushlab ko’rish mumkin. Taom tayyorlash jarayoni, malakasi menga vaqti-vaqti bilan depressiyadan qutilishim uchun yordam beradi”, - Jenni Kleyton.

Ovqat pishirish istalgan boshqa xobbi singari dasturlashga o’xshash: unda ham mavjud mahsulotlardan o’zingizning, yaqinlaringizning hayotini yaxshiroq qiladigan nimadir yangilik yaratasiz.

Qanday boshlash kerak

So’rov ishtirokchilari foydali deb sanaydigan bir nechta saytlar ro’yxati:

·        The Healthy Programmer: dasturchilar uchun ovqat tayyorlash dasturi;

·        Cooking for Geeks: taom tayyorlash bo’yicha fan va san’atning birlashuvi;

·        Food network easy recipes: boshlang’ichdan malakali oshpazgacha taom tayyorlashni o’rganish dasturi.

Nimadan boshlash kerak

Tayyorlash jarayoni 30 daqiqadan ko’p bo’lmagan yeyishni xohlagan ovqatingizni tanlang, mahsulotlar xarid qiling va shaxsan o’zingiz uni tayyorlang.

5.      O’qish

Respondentlarning 47,7 % o’qishni o’z xobbisi deb biladi.

Keyinchalik ekranlashtirilgan biror kitobni o’qigan istalgan kishi borki, aslida kitob yaxshi ekanligini ta’kidlaydi. Chunki filmda ko’p voqealar berilmaydi yoki qisqartiriladi.

Kitobdan taassurot ko’pincha o’quvchining shaxsiga bog’liq. Qahramonlar dunyosini turlicha tasavvur etish mumkin. Bundan tashqari, kitobni o’zingiz bilan olib yurishingiz juda oson, ayniqsa hozir hammaning smartfonida uni o’qish imkoni bor.

Dasturlash haqidagi kitobni o’qishingiz shart emas: ko’pincha badiiy adabiyot sizga masalaga turlicha yechim topish imkonini beradi.

 Qanday boshlash kerak

Dasturlashga aloqador bo’lmagan lekin juda qiziq kitoblar ro’yxati bilan tanishing:

·        Dzen va mototsikl boshqaruvi san’ati;

·        Siddxartxa;

·        Qilichlar o’yini.

 Nimadan boshlash kerak

Hammasi juda oddiy: kitobni olib kuniga bitta bo’limdan o’qishni boshlang.

6.      Videoo’yinlar

52,6 foiz ishtirokchilar videoo’yinlarga qiziqishini aytib o’tgan.

“Heroes of the Storm o’yini qanchalik g’alati bo’lmasin meni jamoada ishlashimga yordam bergan. Maktab vaqti hech bir sport turiga qiziqmaganman. Lekin HotS va boshqa jamoaviy o’yinlar mening bu orzumni qaysidir ma’noda amalga oshirish imkonini berdi”, - Robert Chen.

Ko’pchilik videoo’yinlarni ob-havo, vaqtga bog’liq bo’lmagan do’stlar bilan vaqtni maroqli o’tkazish vositasi deb biladi.

Mobil telefonlardagi boshqotirmalar ham bunday o’yinlar sirasiga kiradi.

G’arbda videoo’yinlar ko’pchilikning kundalik turmushi tarkibiga kirib ulgurgan. Ba’zilar o’yinlar kishidan noodatiy qobiliyat talab qiladi deb hisoblaydi. Counter Strike yoki Overwatch singari o’yinlar haqiqatdan ham kishidan qo’l chaqqonligini talab qilsa, Angry Birds kabi o’yinlar o’rganishga ortiqcha vaqt va malakani talab qilmaydi.

Qanday boshlash kerak

Agar dasturchi bo’lsangiz o’yin o’ynashni o’rgatish bizga emas deb o’ylaymiz. Lekin qandaydir sabab bilan bunga muhtojlik sezsangiz quyidagilarni tavsiya qilamiz:

·        Steam’ni o’rnating: o’yinlar yetkazib beruvchi bo’yicha dunyodagi eng yirik xizmat;

·        League of Legends: jangga kiring va ajdarlarga qarshi kurashni boshlang;

·        Hearthstone: kartochkali strategiya

Nimadan boshlash kerak

Shunchaki, o’ynashga harakat qilib ko’ring va siz ulardan ajrala olmay qolasiz.

7.      Sport

57,9 foiz so’rov qatnashchilari sport bilan shug’ullanishlarini ta’kidlaganlar. Bu esa kishini xursand qiladi.

Biz sportni ozish, mushaklarni baquvvat qilish mashg’uloti deb bilamiz. Lekin sport bilan shug’ullanish bulardan ko’proq foyda keltiradi.

Ko’pchilik sportda o’zlarining ruhiyatlari bilan bog’liq muammolarni yechimini topadilar. Sport bilan mashg’ul bo’lish nafaqat jismoniy holatni yaxshilaydi, balki qo’yilgan vazifalarni yechish imkonini ham beradi.

Ammo sport bilan shug’ullanish uchun tushkunlikka tushish shart emas. Mashg’ulotlarni boshlashingiz zahoti uning ijobiy tomonlarini bilib olaverasiz: ortiqcha vazndan qutilish, uyquning yaxshilanishi, tashqi ko’rinish va kayfiyatning yaxshilanishi.

Qanday boshlash kerak

Quyidagi onlayn resurslarga e’tibor qarating:

·        Runkeeper: yugurishingizni rejalashtirish va natijalaringizni bir joyga to’plang;

·        CrossFit: agar qo’shimcha motivatsiya kerak bo’lsa;

·        Just Dance: raqs uchun interfaol ilova;

·        Wii Fit: agar sizda Wii bo’lsa unga albatta bu ilovani o’rnating.

Nimadan boshlash kerak

Haftada 3 marta shug’ullanishingiz uchun o’z oldingizga maqsad qo’ying. Maxsus mashqlarni qilish yoki kaloriyani parchalash asosiysi emas, muhimi faolroq bo’ling.

8.      Musiqa

Ishtirokchilarning 66,7 foizi musiqa bilan shugullanishi yoki shunchaki uni tinglashini bildirgan.

Agar siz shunchaki qo’shiq tinglasangiz bu sizdan hech qanday malaka talab qilmaydi. Shuningdek, boshqa xobbi bilan uni birlashtirish mumkinligi bilan ahamiyatli.

XXI asrda musiqa bilan shug’ullanish uchun maxsus qurilma shart emas. Uning o’rnini bosuvchi turli qurilmalar musiqachining ishini ancha yengillashtiradi.

 Qanday boshlash kerak

Boshlang’ich musiqachilar uchun onlayn-resurslarni ko’rib chiqing:

·        Garageband darslari: iPhone yoki iPad yordamida musiqa asboblarida chalishni o’rganing;

·        Rocksmith: kompyuter yoki konsol yordamida gitara ohanglarini yaratish dasturi;

·        Singstar: karaokening yangicha turi.

90b3abc4d7a4a9b18a9e2.jpg

Nimadan boshlash kerak

Agar siz hamisha musiqa asboblarida chalishni o’rganishni xohlagan bo’lsangiz va gitarangiz bo’lsa Guitar Pro ilovasi yoki yuqoridagilarga e’tibor qarating. Yaxshi chalish uchun solfejio kursini o’qish yoki notalarni yaxshi bilish shart emas.

Keyin nima qilish kerak?

Xobbini qidirish ko’p vaqt talab qilishi kerak emas. Agar hayotingizda qo’shimcha mashg’ulotlar bo’lsa u o’z-o’zidan topiladi.

Barcha inson har xil. Hamma uchun bir xil baxt retsepti mavjud emas. Sizga zavq bermaydigan xobbi bilan shug’ullanish kerak emas.

Kichik qadamlar bilan

Kichigidan boshlang. Yuqoridagi ro’yxatni o’qib chiqib ham o’z qiziqishlaringizga mos keluvchi xobbini topishingiz mumkin. Bunda o’z oldingizga erishish oson bo’lgan kichik maqsadlarni qo’ying.

O’z taassurotlaringiz bilan bo’lishing

Ba’zilar o’z ishlari haqida ma’lum qilishdan va nomukammallikdan cho’chiydilar. Lekin qayerda raqobat bo’lsa, shu yerda rivojlanish bo’lishini ham unutmaslik kerak.

Barcha ham qachondir biror ishda yangi bo’lganini unutmaslik kerak. Ba’zilar o’z mehnatining natijasini olayotgan bo’lsa, boshqalar yordam qidirayotganini yodda tuting. O’z tajribangiz va taassurotlaringiz bilan bo’lishing.