Har bir dasturchi hayotida dasturlashdan “to’yib” ketgan paytlari bo’ladi: unga yuklangan vazifalar avvalgidek zavq bermayotgandek tuyulaveradi.

Lekin biz buning barchasini qanday o’zgartirishni bilamiz. Quyidagi maqolada dasturlash sohasiga qiziqishni qanday qaytarish bo’yicha tavsiyalar berilgan.

Har bir bandga alohida e’tibor bering, chunki ular sizning barchasi sizga yordam beradi.

4ac7486e206d918dd6ae4.png

1. To’yib uxlang: odatdagidek uyg’otgichlarni sozlab qo’ymang. Ko’zlaringiz yumilib ketavermasligi uchun bu usulni qo’llang.

70 foiz hollarda motivatsiya uning natijasida qaytadi.

2. Shunda ham motivatsiyangiz qaytmasa – ko’cha bo’ylab velosiped haydash (piyoda sayr ham) foydali.

a1904b441215e8f9c6278.png

Shahar bo’ylab sayr qilish uchun bog’lar ko’p. Ularda esa o’zingizni xursand qiladigan noodatiy mashg’ulotni topishingiz mumkin.

Tanangiz uchun jismoniy mashqlar qilish doim shug’ullanadigan ishingizdan tubdan farq qiladi. U haqida ham unutmaslik kerak.

Bu bosqichga kelib 85 foiz hollarda motivatsiya qaytadi.

3. Agar shunda ham avvalgi ishtiyoqingiz qaytmaganini sezsangiz – biror istalgan, lekin texnik sohaga taalluqli bo’lmagan, boshqa o’zingizga yoqadigan janrdagi kitobni oling. Sahifalarni sanamasdan, shoshmasdan uni o’qishga kirishing.

38583d899e22aa4c93cf5.png

4. “Ijtimoiy tarmoq” nomli filmni tomosha qilish ham qiziqishlar tomon ilhomlantirishga yordam beradi. Shundan so’ng motivatsiyangiz qaytganini sezishingiz va tabriklaymiz, yana bemalol maroq bilan kod yozishga kirishishingiz mumkin.

9d220a4629145ee9876b0.png

5. Bu banddan keyin ham motivatsiya qaytmaganini sezsangiz, yuqoridagi vazifalarni boshidan 5 martagacha takrorlashingiz mumkin. Bunda boshqa muhim ishlaringiz – ish va o’qishdagi topshiriqlarni unutishga harakat qiling.

37c38bdb37121f67713aa.png

Shunday vaqtlarda to o’zingizni qayta “kashf etib olmaguningizgacha” yaqinlaringizdan uy va maishiy ishlarda sizga yordam berishlarini so’raganingiz ma’qul.

Yuqoridagi tavsiyalarni 5 marta takrorlagach ham o’zingizda ijobiy o’zgarish sezmasangiz, demak dasturlash siz uchun mo’ljallangan kasb emas. Haqiqatdan-da baxtli bo’ladigan boshqa kasbni tanlang.

Kim biladi deysiz, balki yana dasturlashga qaytishni istab qolarsiz?