O’n yil avval butun umr yaxshi mutaxassis bo’lib ishlash uchun bitta dasturlash tilini bilish kifoya edi. Lekin vaqt o’tib zamonaviy dunyoda “trendda” qolish uchun bir vaqtning o’zida bir nechta tilni bilish kerak. Shunday ekan, agar siz faqat bitta tilni bilsangiz va yana boshqalarini o’rganish niyatida bo’lsangiz, quyida bu uchun sizga sabablar keltiramiz.

Har bir vazifaning – o’z qurilmasi bor

Tyuring to’liqligi qoidasiga ko’ra, istalgan dasturlash tili har qanday vazifani bajarishi kerak. Amaliyotda esa bunday emas: har bir til boshqasi bilan solishtirganda o’zining kuchli va ojiz tomonlariga ega.

Ko’pincha vazifani ma’lum bir tilda bajarish boshqa tilda bajargandan ko’ra osonroq va tezroq bo’ladi. Agar siz bir nechta tillarni bilsangiz oldingizda turuvchi turli mashaqqatlarni tezroq va samaraliroq hal eta olasiz.

Ish topish

Aksariyat zamonaviy kompaniyalar o’z ishida bir nechta tillardan foydalanadi. Bu degani, siz egallamoqchi bo’lgan lavozim bir nechta dasturlash tillarida ishlashni talab etadi yoki boshqa tillarda kod yozuvchi mutaxassislar bilan muloqot qilishingiz kerak bo’ladi. Shunday sharoitlarda “poliglot” bo’lish sizga raqiblaringizga qaraganda ustunlik beradi.

Hattoki, kompaniya faqat bitta tilda ishlashga e’tibor qaratadigan boʻlsa, ko’p tillarni bilish sizga yaxshiroq ish joyini tanlash imkonini yaratadi. Sizga yoqqan startap deyarli hech kim bilmaydigan tildan foydalanishni talab qilyapti deylik. Bu uni o’rganib, tilni biluvchi o’sha kam sonli mutaxassislar qatorida bo’lish imkoniyatidir.

Zamon bilan hamnafas

Dunyo hamisha o’zgarib bormoqda. O’n yil avval hech kim Ruby’dan foydalanmagan va barcha JavaScript’dan uzoqroq yurishga harakat qilgan, hozir esa ular eng ko’p tarqalgan tillar hisoblanadi. Dasturlash tillari ommalashishi hamda o’z mavqeini yo’qotishi oson bunday davrda bir nechta tilni bilish dasturchilar oqimida ko’rinmay ketmaslikni oldini oladi.

c9f107ee4c0fc0933f7e0.jpg

O’rganish uchun tilni qanday tanlash kerak?

Shunchaki o’zingizga barchasidan ko’p yoqadiganini, anchadan buyon o’qishni rejalashtirib yurgan tilingizni tanlang. O’z fe’l-atvoringiz haqida o’ylang: til haqida batafsil bilishni, u qanday ishlashi, “sirli” jihatlarini o’rganishni istaysizmi yoki shunchaki vazifani qanday qilib bo’lsa ham yechishni xohlaysizmi?

O’zingiz bilgan tillarning bilmagan jihatlaringizga e’tibor qarating – bu orqali siz o’zingizni harakat qilishga undaysiz va albatta yangi, dunyoqarashingizni kengaytiruvchi nimadir topishga erishasiz.

O’rganadigan sohangiz bo’yicha tajribangizni oshiring – o’qiydigan tilingizda loyihalar yarating, shu yo’nalishda boshqalarga ham yordam bering. Bu orqali professionalga aylanasiz!