Ko’pincha ish beruvchi sayt dizaynini ishlab chiquvchi va uni amalga oshirish vazifasi bilan shug’ullanuvchi bir kishi bo’lishini kutadi, lekin bu vazifalarni o’z mutaxassisiga bergan ma’qul.

Ko’pchilik web-dizayner web-dasturchidan nimasi bilan farq qilishi haqida yaxshi tasavvurga ega emas. Maqolamizda bu savolga javob topamiz.

Web-dizayner nima bilan shug’ullanadi?

Maketlar yaratadi, interfeyslar qurib ularni mijoz web-sayti bilan o’zaro munosabati haqida o’ylaydi – go’ya yoki hikoyani chiroyli vizual dizaynga aylantiradi. Arxitektor uy rejasini tuzganidek, web-dizayner ham keyingi ishlarni amalga oshirish uchun sayt maketini yaratadi.

Web-dasturchining vazifasi qanaqa?

Web-dasturchi web-dizaynerning g’oyasini amalga oshiradi, maketni ishchi mahsulotga aylantiradi. Uning vazifasi – bo’lajak manbaning mijoz (frontend) yoki server (bekend) qismi ishlab chiqishdan iborat. Shu bilan birga full-stack dasturchilar ham bor va ular to’liq ishchi ilovani yarata oladilar: ham bekend, ham frontend.

Web-dasturchi sayt dizaynini yarata oladimi?

Ha, lekin dizaynni yaratishni muhandisga ishonmagan ma’qul. Avval aytganimizdek, saytning dizayni bilan aynan shu mutaxassis shug’ullangani yaxshi.

Frontend-dasturchi kim?

Frontend-dasturchi saytning tashqi ko’rinishini ishlab chiqilishini ta’minlaydi – dizayner tomonidan tayyorlangan maketdan, foydalanuvchi ishlata oladigan ishchi interfeysini yaratadi. Bu vazifani amalga oshirish uchun odatda HTML, CSS, JavaScript tillari va turli freymvorklardan foydalaniladi.

Bekend-dasturchi kim?

Bekend-dasturchi manbaning foydalanuvchi uchun yashirin bo’lgan server qism bilan shug’ullanadi. Bekend bilan shug’ullanuvchi kishi, server mantig’ini ishlab chiqib uning qaysi kontekstda qo’llanishini tushunuvchi insondir. Aksariyat web-ilovalar ma’lumotlar omboridan foydalanadi. Shu sababdan, bekend-dasturchi ma’lumotlarni boshqarishning mashhur tizimlari bilan ishlash malakasiga ega bo’lishi lozim.

Full-stack dasturchi kim?

Full-stack dasturchi web-dasturchining barcha yo’nalishdagi malakalariga ega bo’ladi: frontend sohasida ham, bekend sohasida ham. Bugunga kelib full-stack dasturchi uchun vyortskalash, manbaning mijoz va server qismi, shuningdek turli freymvorklar bilan ishlash bilimlari zaruriy hisoblanadi.

Qanday qilib bundan pul topish mumkin?

Bu kasblarning maoshida eng ko’p ta’qiq mavjud emas, ish haqiga ish stajidan ko’ra ko’pincha egallangan malaka va ko’nikmalar ta’sir qiladi.

Men nimadan boshlashim kerak?

Bu sohada zaruriy bilimni egallash uchun ishni dastlab o’quv kurslardan boshlang:

Web-dizayner kursini tugatgach siz Adobe Photoshop muharririda professional sifatida ishlay boshlaysiz, dizayn, web-interfeyslarni loyihalash va mobil ilovalar interfeysini qurishni o’rganasiz.

Dasturlash bo’yicha kurslar esa sizni HTML5, CSS3, JavaScript va amaliy PHP, Yii2 freymvorklari bilan ishlay oluvchi full-stack mutaxassisga aylantiradi.

Keyinchalik esa yangi texnologiyalarni o’zlashtirib, kasbiy malakalarni rivojlantirib mustaqil shug’ullanishda davom eting.