Innovatsion rivojlanish vazirligi ilk bor masofaviy kelishuv imzoladi. Bu haqda spot.uz vazirlik axborot xizmati maʼlumotiga tayanib xabar bermoqda.

Hamkorlik boʻyicha hujjat Innovatsiya vazirligi va CityU (Gon Kong), UdacityX MOOC (AQSh), MOOC Iversity (Niderlandiya/Germaniya), Open Polytechnic (Yangi Zelandiya) taʼlim muassasalari oʻrtasida imzolangan.

Dastlab shartnoma bir tomonlama imzolangan va pochta orqali yuborilgan. Keyinchalik Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va UdacityX taʼsischisi Daniel Zaretskiy tomonidan vazirlik va universitet vakilatli shaxslari oʻrtasida imzolangan.

Tomonlar ilgʻor texnologiyalarni masofaviy taʼlimga joriy etish va dars jarayonini xalqaro standartlarga mos yuqori darajaga koʻtarish uchun Kelajak Universiteti hamda uning mahalliy filiallarini tashkil etish haqida kelishib oldilar.

Xorijiy hamkorlar"kelajak universiteti" deb nomlangan masofaviy oʻqitish boʻyicha OTM loyihasini yaratish uchun 40 mln $ miqdorda oʻz mablagʻlarini ajratadilar.

Loyiha doirasida oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilmiy va texnikaviy yutuqlarni qoʻllash koʻzd tutilgan.

Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun elektron axborot-taʼlim muhitiga zarur sharoitlar yaratish belgilangan.

Xususan (oʻzbek va rus tillaridagi) elektron axborot resurslarini jamlangan va qayerda joylashganligidan qatʼiy nazar (yiliga taxminan 50 ming talabani) toʻliq hajmda taʼminlashga moʻljallangan oʻquv dasturi shular jumlasidandir.

Talabalar har biri smart-texnologiya deb ataluvchi oʻz ID profili orqali masofaviy taʼlimni egallaydilar.

Talabalar kuniga 3 soatdan kam boʻlmagan vaqtini ajratishlari talab qilinadi. Platformaga boshqa kishi kirishga urinsa tizim bloklanadi.

Talabalarning natijalarini baholashda ularning natijalari Yangi Zelandiyadagi maʼlumotlar bazasida saqlanadi. Bu imtihonlar vaqtida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslikning asosiy omili boʻladi.

Bundan tashqari, bosh ofis va universitet filiallarida talabalarning shaxsini tekshirish uchun attestatsiya imtihonlari va ularni topshirish tartibi nazoratga olinadi. Bunda Yangi Zelandiyada uzoq yillik tajribadan oʻtgan tizim qoʼllanadi.