Build da 2018 Microsoft tomonidan Visual Studio IntelliCode: sunʼiy intellektli uskunalarni taqdim etibti, uning yordamida dasturlash ancha oson va sifatli bõladi. VS Code da TypeScript/JavaScript tillari uchun kengaytmalar yordamida õrnatish mumkin ekan.

8539b09fb683c59041aa9.gif

IntelliCode õzi nima ekan?

69b69e43757102dc50165.png

IntelliCode joriy kontekst uchun tez-tez ishlatiladigan tugatish elementlarini roʻyxatning yuqori qismida tavsiya etish bilan IntelliSense imkoniyatlarini kengartiradi. Ushbu konekstli takliflar IntelliCode ni minglab loyiha õrgatilishi natijasida umumiy usulga asoslangan. Yordamci kodni sizga alifbo bõyicha emas, ishlatishingiz ehtimoli kattaligi bõyicha chiqarish bilan ancha vaqtingizni tejaydi.

38c28dedcb39c104bd975.gif

IntelliCode siz foydalanuvchi tarafida React, Angular, Vue da yoki server tarafida Node.Js va Express da turli JavaScript kutubxonalarida bemalon ishlashi mumkin.

ffb83de7f95441e03286c.png

Ushbu loyiha hali preview xolatida boʻlib, uni oʻzgartirishni xoxlasangiz yoki xatolarini topsangiz GitHub dagi loyiha sahifasiga yozishingiz mumkin.