Bir nechta suhbatlardan o’tib va nihoyat ishga taklifni qo’lga kiritdingizmi?

Yigirma birinchi asrni axborot-texnologiyalar asri deyishadi: ular iqtisodiyotda asosiy rolni o’ynaydi, texnologiyalar taraqqiyoti esa IT-mutaxassislarga bo’lgan talabni ham ortirdi. Space X, Google, Uber, Airbnb, Яндекс, Microsoft, Amazon, PayPal kabi kichik omborxonada o’z ishini boshlagan kompaniyalar hozir yoshi kattalarni ham ajablantirmaydi.

Eng qizig’i shundaki, Kremniy vodiysi oxirgi 20 yil ichida butun dunyo dasturchilari ishlashni orzu qiladigan joyga aylandi.

Nega bunga katta e’tibor qaratishmoqda? Oxirgi bor terminal orqali to’lov qilish imkoni bo’lmagan do’konga kirganinigizni eslay olasizmi? So’nggi yillarda internet trafigidan foydalanish miqdori qanchaga oshdi? 5 yil avval, 5 Gb trafik anchaga yetgan bo’lsa, hozir u bilan 1oyni o’tkazish ham qiyin.

Agar siz suhbatdan muvaffaqiyatli o’tib, zo’r jamoaga tushsangiz ham, hamkasblar bilan ishlashda qandaydir ziddiyatlar, motivatsiya yo’qligi yoki tajribaning yetishmasligi kabi qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Dastlabki vaqtda ishlar imkon qadar silliq va muammosiz kechishi uchun bir nechta tavsiyalarimiz bilan tanishib chiqing.

Dastlab kutadiganlarimizni aniqlashtirib olamiz.

IT-mutaxassislar ham – oddiy xodimlar hisoblanadi.

Ha, har kun boshqa bir ofis ishchisining kunidek o’tadi: tirbandliklar, kechikishlar, tezpishar ovqatlar. Shu bilan birga barchasiga tayyor bo’lish, bepul shirinliklar va Xbox haqida ortiqcha narsa kutmaslik ham lozim.

Pul boshqa soha bilan taqqoslaganda ko'proq

Agar yuqori maosh sizning eng asosiy motivatsiyangiz bo’lsa IT’ni tanlamagan ma’qul. Sohada yangilar o’rtacha maosh olishlari mumkin. Lekin keyingi bosqichga o’tishlari uchun yosh dasturchilar o’z ustilarida ishlashlari kerak. Tez o’sishni istasangiz – startapda ishlang.

Sizni hech kim ushlab turmaydi

Aynan IT sohasidagilar boshqalarga qaraganda ko’proq ish joylarini o’zgartiradilar. Shunday ekan, boshqaruvga noo’rin qarshilik qilish kerak emas: tez orada sizning o’rningizga boshqani topishadi, sizning harakatlaringizdan esa boshqalar xabar topishadi va natijada boshqa ishga joylashishingiz qiyin bo’ladi.

Ofisdagi muhit

Openspace (ochiq joy)lar, qurilmali xonalar, ijodiy muhit, tennis stollari va shved stoli – bularning barchasi yirik ofislarda bor. Lekin siz ishni bir nechta kishi birga o’tiruvchi oddiy xona, Windows’ning eskirgan versiyasi o’rnatilgan kompyuter va rahbarning aniq belgilangan qarorlarisiz boshlashingiz ehtimoli katta.

Masofadan ishlash

Xodimlar ko’proq kompaniyalarning uydan ishlash imkoniyatini yaratishlarini istaydilar. Lekin jamoada ishlash karyerani boshlashda juda muhim omil ekanligini unutmaslik kerak.

Yuqoridagi faktlar dasturchi bo’liib ishlash xohishini so’ndirmaslik uchun, shunchaki ortiqcha narsa kutmasdan doimo faol bo’lishga chaqirish uchun edi.

O’zingizni jalb etuvchi qilib tutmang

Boshida jamoada o’zingizga nisbatan do’stona munosabatni vujudga keltiring. To’g’ri bu juda oddiy eshitilishi mumkin, lekin ko’pchilik insonlar shunchaki oqim bo’ylab suzish orqali bunga erishishlari mumkin. Tan oling, tez orada ular bilan ko’p vaqtingizni o’tkazishingizga to’g’ri keladi, shunday ekan yaxshi hamkasb bo’lishga harakat qiling.

Siz hamkasblar bilan o’zaro suhbatlashishingiz uchun turli mavzular, norasmiy uchrashuvlar uchun sabablar bor. Agar lozim topsangiz ularni tushlikka taklif qilishingiz ham mumkin.

Jamoadagi muhit haqida bilib oling

Kompaniyada o’zingizgacha nimalar yuz berganini, barchaga ma’lum bo’lgan voqealarni bilishga harakat qiling. Albatta, qolganlar bu haqida gapirishni istashmasa majburlab bo’lmaydi.

Norasmiy lider kimligini aniqlang

Har bir jamoada rahbariyatga aytib bo’lmaydigan muammolar bilan chiqish mumkin bo’lgan norasmiy liderlar bor. Ularni (va boshqa foydali hamkasblarni) aniqlashingiz va imkon qadar ular bilan aloqani yo’lga qo’yishingiz kerak.

Kichik topshiriqlarni bajaring

Kun davomida u xodimdan, bu xodimga o’tuvchi topshiriqlar sizni ko’tarilishga tayyor ekanligingizni ko’rsatishi mumkin.

Turli oddiy ishlar dastlab jamoada sizni qanchalik mas’uliyatli va maqsadi tomon intiluvchi ekanligini ko’rsatadi. Ular hisobotlarni devonxonadan boshliq yoki menejerlarga tashish bo’lishi ham mumkin.

O’zingizning dam olishingizga yo’l bering

Dasturchining ishi ko’p vaqt o’tirib ishlashni talab etadi. Bu aqliy faoliyat bilan bog’liq bo’lmasa-da, charchashni his qilsangiz – bir qancha payt o’zingizni boshqa ish bilan chalg’itishga harakat qiling.

Siz haqingizda nima o’ylashlari haqida so’rang

Rahbariyatdan, hamkasblaringizdan siz haqingizda qanday fikrda ekanliklari haqida so’rang, lekin bunda maksimal tarzda ehtiyotkor bo’lish, haddan ortiq xiralik qilmaslik kerak. Bu uchun biror vazifani bajarish jarayoni ma’qul. Bu vazifalarni qanchalik bajarishingizni tushunishga yordam beradi.

Kompaniya nega sizni yollaganini tushunishga harakat qiling

Xodimlarni juda kam hollarda shunchaki, biror maqsadsiz yollashadi. Sizni keng istiqbollar yoki raqobatchilarni yengish uchun ishga olishgan. Yanada samaraliroq ishlash uchun faoliyatingiz ko’proq pul topishiga yordam berishi va qanday vazifalar uchun mas’ulligingizni bilish zarur.

Strategik maslahatlar bermang

O’z loyihalaringiz ustida ishlang, energiyangizni boshqalarni muammolarini yechish yo’lida sarflamang. Agar qo’shni bo’limning ishini yanada takomillashtirish bo’yicha fikrlaringiz bo’lsa ham, buni muhokama qilishni keyinroqqa qoldiring. Aks holda, siz o’z ishini qilmasdan boshqalarning ishiga aralashadigandek tasavvur uyg’otishingiz mumkin.

Birinchi marta doim ham noqulay ekanligini yodda saqlang. Siz birortani qiziqtirmasligingizni yoki kutmagan kishilaringiz siz haqingizda ortingizdan gapirishlarini qabul qilishingiz kerak. Shunday ekan, asosiy tavsiyamiz – bularning bariga tayyor turing, lekin hech nima kutmang.