Dastavval qay usulda bo’lmasin bilim olish foydali ekanligi haqida aytib o’tish lozim, chunki ular inson miyasining harakatlanishiga olib keladi. Biroq, biz shunchaki miyani chiniqtirish emas, balki kasb egallash va pul topish haqida gaplashayotgan ekanmiz, eng yaxshi usullarni ajratib chiqishimiz kerak.

Quyida esa yaxshi dasturchi bo’lish uchun xalaqit beruvchi o’qish usullarni bilib olib ulardan ehtiyot bo’lish lozim.

Energiyani noto'g'ri taqsimlash

G’arbiy ta’limda texnik o’z-o’zini o’qitish usullari bor. Ulardan har biri 3 bosqich ta’sirchanligiga ega. Shunday qilib, masalan bitta axborotni doimo qaytadan o’qish deyarli befoyda. Uni aniq savol va vazifalardan iborat kichik qismlarga ajratish esa materialni tezroq o’zlashtirish imkonini beradi.7519203b583d89aafb2f8.jpg

Professional sifatli o’quv kurslari aynan shunday tuzilgan: teoriya – amaliy vazifalarni bajarish – yuzaga kelgan savollarni yechish.

Oson o’qish

Turli blog va forumlarda dasturlash mavzusiga bag’ishlangan materiallarni ko’rish mumkin. Albatta, biror dasturlash tilini mukammal egallash niyatingiz bo’lsa, ularni o’qish foydali. Ammo bu usul bilan chuqur bilimga ega bo’lishning uddasidan chiqish qiyin, shu bois bekorga vaqt va energiya sarflaganingiz qoladi.

Amaliyotning yetishmasligi

Dunyoqarashni kengaytirish uchun bilimni amaliyotda qo’llash kerak. Buning bor foydasi shunda. Bular uchun vaqt va kuch sarflash kerakmi? Dasturlash – ilmiy aniqlik va maksimal tarzdagi amaliyotni talab qiladi. Shunday ekan, mustaqil o’qishga qaror qilgan ekansiz, o’rganganlaringizni amaliyotda imkon qadar foydalanishga harakat qiling.

Qobiqda o’ralib o’qish

e77d7a24e8e2be4776d40.jpg

Mustaqil ravishda o’qishni uddasidan chiqayotgan bo’lsangiz ham, ertami-kechmi o’z malakalaringizni atrofdagilarga ko’rsatishingiz kerak. Siz kod yozsangiz-u uni hech kim ko’rmasa nima foydasi bor? Jamoada o’qish nafaqat savollarga tezda javob olish, balki o’zingiz haqingizda boshqalarga ma’lum qilish, ichki ishonchni his qilishga ham yordam beradi. Biror kishi sizga alohida o’rganishni taklif qilsa bu haqida yodga oling.

Noto’g’ri mentor

Agar mentor topish va uning kurslariga yozilishni niyat qilgan bo’lsangiz, u haqida imkon qadar ko’proq bilishga harakat qiling. Chunki sizning kelgusi karyerangiz aynan shu kishiga bog’liq bo’ladi. Faqatgina o’qituvchining o’zi haqida emas, u o’qitgan kishilar, ularning qayerda ishlayotgani haqida ham qiziqing. O’zingiz kelajakda nima xohlayotganingiz aynan shunga bog’liq.

Shu sababli tanlagan kursingizdagi mentorga butunlay ishonib qolish – xavfli. Kurslarda har doim bir nechta ustozlar, guruhdoshlar bo’ladi. Ular bilan ishda maslahatlashish kerak. Bundan tashqari rasmiy ro’yxatdan o’tgan kurslar har doim ham shaxsiy kelishilgan kurslarga qaraganda ko’proq kafolat berishini unutmang.