2018-yilning eng ko’p talabgor dasturlash tillari haqida maqola bilan tanishtirishni davom ettiramiz.

Python — umumiy belgilash tili

Python — bu nisbatan jiddiyroq dasturlash tili. 1980-yillarda paydo bo’lgan til boshqa dasturlash tillari bilan taqqoslaydigan bo’lsak hanuz rivojlanib bormoqda. Python haligacha o’z pozitsiyasini saqlab qolgan. U bugun faqatgina saytlar yaratishda foydalanilmaydi. Pyhton’da messenjer-botlar va murakkab ilovalarni yaratish ham mumkin.

Python asoschilaridan biri Tim Peters uning asosiy prinsipi deb aniq va tushunarli kod yozishni belgilagan.

9361c4a32c5ebabc021e3.jpg

Python dasturchining oldida turuvchi vazifalarga qarab yaxshi mo’ljal olish imkonini beradi. Tilning kamchiligi deb juda qat’iy emasligini aytish mumkin. Intensiv o’qish rejimida yangi dasturchi bir yarim-ikki oy ichida bu tilda dasturlay oladi.

Ruby — zamonaviy va zo’r

Bu til haqiqatdan ham zamonaviy hisoblanadi. Masalan, Twitter aynan Ruby’da yozilgan. Look At Media dasturchilari undan foydalanadilar. 90-yillarning boshida yaratilgan Ruby web-dasturlashdan tortib mobil ilovalar, ish stoli vidjetlari kabi murakkab integratsiyalashgan tizimlarni dasturlashgacha qo’llaniladi.

8ff1c262049743e813fd8.png

Ruby ishlashda tez va qurilma sintaksi ham qulay. So’nggi yillarda uni qo’llashga bo’lgan qiziqishning o’sishi yaqin kelajakdagi muvaffaqiyatidan darak beradi. Tilning yagona kamchiligi Ruby-mutaxassislarga bo’lgan talabning kamligi deyish mumkin. Hozirda bor-yo’g’i 1% ish beruvchilar bu til bilan qiziqmoqda. Shunday ekan, hozircha uni dasturlashni o’rganishdagi birinchi til sifatida tanlashning biroz xatarli.

Mobil ishlanma tillari

Mobil ilovalarni yaratish – dasturlashning boshqa yo’nalishlaridan alohida turadi. Oxirgi 10 yil ichida mobil ilovalar soni, ularning ishlash tezligi va imkoniyatlarining oshishi bu sohaning rivojlanishidan darakdir. Asosiy mobil platformalar bugun Apple’ning iOS hamda Google’ning Android’lari hisoblanadi.

iOS’da dasturlash

Dastlab Apple qurilmalarida dasturlar yaratish Objective-C tilida bo’lgan, 2014-yilga kelib Apple uchun maxsus dasturlash tili Swift yaratildi. Bugun iOS-ilovalar unda yaratilsa ham Objective_C’ni o’rganish dasturchi uchun ortiqchalik qilmaydi. U ilovalar bilan ishlash prinsiplarini yaxshiroq tushunish imkonini beradi hamda C tilining umumiy qo’llanishi bilan bog’liq bilimlarni ham o’rganishga yordam beradi. Objective-C’ni yaratgan dasturchilar o’z oldilariga asosiy maqsad qilib operatsion tizimda kam xatolar bilan ishlash va qurilmaning operativ quvvatiga bosimni pasaytirishni qo’yishgandi.

ece14de22b9fe1e3961dc.png

Swift bu sifatlarga ega bo’ldi. Uning asosiy yutug’i – tez ishlashi va o’rganishdagi oddiylikdir. Birgina kamchiligi bu til faqat iOS-dasturlash uchun mo’ljallangan. Ammo Swift yangi dasturchi uchun birinchi bo’lib o’rganishga mos.

Swift’ni o’rganishga taxminan bir yarim oylar ketadi. Agar o’rganishni Objective-C bilan to’ldirilsa yana qo’shimcha 6-8 haftalar talab qilinadi.

(davomi bor)