Kundalik turmushimizdagi aksariyat vositalar: svetafor va liftdan tortib telefondagi ilovalar, saytlar ham ma’lum dasturlar asosida ishlaydi.

Dasturlash yanada oson va ommobop bo’lib bormoqda va bu jarayon kun sayin davom etyapti.

Kod – bu kompyuter tushunuvchi biror dasturlash tilida yozilgan izohdir. Tillar turlicha, ularning vazifalari, imkoniyatlari ham har xil. Ba’zilari o’yinlar yaratishga mo’ljallangan bo’lsa, boshqalari mobil ilovalar, saytlar tuzishga qaratilgan bo’ladi.

Quyida 2018-yilning eng ko’p talab qiladigan dasturlash tillari haqida maqola bilan tanishishingiz mumkin.

Saytlar yaratish tilllari

Web uchun dasturlashning ikki xil usuli bor – frontend va backend. Birinchisi ekranda ko’rinadigan saytning vizual interfeysi yoki onlayn-xizmatini yaratish hisoblanadi. Ikkinchisi esa tizimning ichkaridan qanday ishlashini o'rganishdir. Frontend-dasturlashni vyorstka ham deyishadi, HTML va CSS esa backend’ning eng keng tarqalgan tillari. Bugun PHP, Ruby и Python ham ommalashmoqda.

2c12539057900466d0d43.png

HTML — web-sahifani vizual dasturlash tili

HTML — tarmoqda o’zaro aloqa qilishning asoslaridan biri. U o’tgan asrning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida internetning otasi Tim Bernersom-Li tomonidan yaratilgan. 25 yildan ortiq vaqt davomida zamon talabidan kelib chiqib yangi imkoniyatlari vujudga kelmoqda. Bugun tilning amaldagi standarti – HTML5 hisoblanadi.

“Internetning global rivojlanishdagi xizmati” evaziga Tim Berners-Liga 2004-yilda Britaniya qirolichasi tomonidan ritsarlik unvoni berilgan.

HTML saytning vizual tuzilishiga javob berib, brauzerga foydalanuvchi ko’rishi kerak bo’lgan axborotni yuboradi. Bugun til web-sahifani to’lig’icha ta’riflovchi har xil grafiklar va animatsiyalar bilan ishlashga imkon beradi. HTML-dasturchi vyortskachi deb ataladi, bu mutaxassis xuddi kitob va jurnallarda matn hamda rasmlarni joylashuviga javob beruvchi kishi singaridir.

HTMLning asosiy bilimlari web-dasturlash bilan shug’ullanuvchi barcha uchun muhim.

CSS — uslublarni izohlash tili

CSS — bu web-sahifaning vizual tomonini sharhlashni osonlashtirishga imkon beruvchi til hisoblanadi. U bo’lmasa vyorstkachi sahifadagi rang, o’lcham, shrift va shunga o’xshash har bir elementni alohida belgilab chiqishi kerak bo’lardi. Bu bilan albatta vaqt va kod miqdori ham ko’p talab qilinardi.

CSS vazifalar va standart elementlar saqlanishini izohlash vositasidir. Uning asosidagi kaskad uslub jadvallari o’zida matnlarning belgilangan parametrlari va rasmlarni saqlaydi. Har bir abzatsning sarlavhasi belgilangan shrift va rangda yozilishi uchun zamonaviy vyortskachi CSS-jadvalning mos keluvchi qismiga murojaat qilishi kerak.

CSS’ni odatda HTML bilan birga o’rganishadi. Bu o’zini sayt yaratishga bag’ishlamoqchi bo’lganlar uchun zaruriy ko’nikmalaridan biridir.

JavaScript — interaktivlik tili

0494ad727d6bbaef81ff5.jpg

90-yillarning oxirlarida vujudga kelgan JavaScript web-sahifaning interfaolligini ta’minlaydi. To’ldiriluvchi maydon va jadvallar, obyektlarning harakatlanishi, filtrlar bilan ishlash kabilarga aynan javob beradi. JS-ssenariylar sahifani qayta ishga tushirishni talab qilmagani uchun JavaScript web-tizimlar ishi tezligining ko’tarilishiga ham yordam beradi.

HTML va CSS bilan tanish boshlang’ich vyortskachi uchun JSni o’rganish bir necha haftani talab qiladi. JavaScript bilan tanishish mobil ilovalar dasturchisi va backend-dasturchi bo’lish uchun dastlabki qadam hisoblanadi. So’nggi yillarda JS'ni mashina kodiga aylantiruvchi NodeJS platformasi orqali bu til dasturlashning eng yaxshi tillaridan biriga aylanmoqda.

PHP — web-sahifalar yaratish qurilmasi

PHP – dastlab Personal Home Page Tools (Shaxsiy web-sahifalar yaratish uchun qurilmalar) – deb atalgan bu til 1995-yilda saytlar yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan.

23b9795f94b5f8b3ea019.png

Boshqa backend-tillar singari PHP ham ma’lumot bazalari bilan munosabat va dasturlarning ishlash algoritmlarini izohlashga javob beradi. Aksariyat mashhur saytlarni boshqarish tizimlari aynan PHPda yozilgan.

Tilning kamchiliklariga asosan birtomonlama bo’lishi va rivojlanishda to’xtab qolganini aytish mumkin.

PHPning ixtisoslashganligi uni qisqa vaqtda o’rganish imkonini beradi. 1-1,5 oy ichida boshlang’ich dasturchi sifatida kishi o’zining saytini yaratib ko’rishi mumkin.

(davomi bor)